"Ertaklar-yaxshilikka yetaklar"
Jizzax viloyat Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Ertaklar-yaxshilikka yetaklar" shiori ostida jajji kitobxonlarga ertak kitoblar namoyishi oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ‘ibotda jahon va o‘zbek xalq ertaklaridan Shamolning supurgisi, Yaxshi niyat, Osmonning bolasi, Erka kiyik va shu kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Targ‘ibotda 25 nafar kitobxonlar qatnashdi.