"Gender tenglik taraqqiyot kafolati"
Joriy yilning 20-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda kitobxonlar klubi aʼzolari bilan birgalikda "Kitobsevar millat" shiori ostida "Gender tenglik taraqqiyot kafolati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida ham teng huquq va imkoniyatlarga ega ekanliklari haqida gapirib oʻtildi.
Mazkur konstitutsiyaviy kafolatlar bugungi kunda hayotimizning barcha sohasida o‘z ijobatini topmoqda. Davra suhbatida 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.