Hisobot yig'ilishi
Joriy yilning 3-iyul kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot -kutubxona markazida tuman axborot- kutubxona markazlarining 2025-yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi o'tkazildi.Ushbu hisobot yig'ilishida Yangiobod tuman axborot kutubxona markazi rahbari ham ishtirok etdi.
Mazkur hisobot yig'ilishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, kamchiliklar ko'rsatilib o'tildi hamda keyingi vazifalar yuklandi.
Yigilish yakunida tuman axborot-kutubxona markazi rahbarlari yil yakuni bo'yicha hisobotlari va istiqboldagi rejalar bo'yicha o'z takliflarini berib o'tdilar.