“Huquqiy bilim — huquqiy madaniyat va yuksak kelajak garovi”
“Huquqiy bilim — huquqiy madaniyat va yuksak kelajak garovi”
Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlari, qonun ustuvorligi hamda yoshlarning jamiyatdagi huquqiy mas’uliyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan huquqiy mavzuda suhbat olib borilib, qonunlarni bilish, ularga rioya qilish, o‘z huquqlarini anglash va boshqalarning huquqlarini hurmat qilish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir savol-javoblar va fikr-mulohazalar asosida qiziqarli tarzda tashkil etildi.