“Ijod osomonidagi parvoz”
2025-yil 22-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot kutubxona markazi, Tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi, Yangiobod tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlinmasi bilan hamkorlikda 12-maktab binosida "Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Beknazar Toshboyev bilan “Ijod osomonidagi parvoz” mavzusida kitobxon yoshlar bilan abadiy uchrashuv va davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda shoir kitobxonlarga kitob va uning inson hayotida tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Bundan tashqari shoir oʻzi yozgan sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdi. Tadbirda 115 nafardan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.