#inson_huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi lnson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g‘risida”gi 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 22-avgust kuni Yangiobod tuman 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tumanimiz shoiri Beknazar Toshboyev bilan birgalikda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida "Oʻz huquqingni oʻzing himoya qil" mavzusoda davra suhbati tashkil etildi. Shoir tomonida lnson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinlik ekaligi, millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’i nazar barcha uchun xosligi haqida yigʻilganlarga maʼlumot berib oʻtdilar. Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan ta’lim olish, mehnat qilish, ijtimoiy ta’minot olish huquqlarni qamrab oladi degan fikr bildirdi.