“Inson huquqlari oliy qadriyat”
Joriy yilning 24-fevral kuni axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida “Inson huquqlari oliy qadriyat” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari inson huquqlari va erkinliklari haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berib oʻtdilar hamda inson huquqlariga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida ushbu mavzu yuzasidan qisqacha savol-javoblar oʻtkazildi. Tadbirda 22-nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.