"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tashkiloti xodimlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi.
2024-yilning 11-iyul kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi" tashkiloti xodimlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnoma davomida kitobxonlar fikri oʻrganilib, ularni qiziqtirgan sohadagi adabiyotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi. Soʻrovnomada 12 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.