IT-Park foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning 21may kuni har Payshanba Yoshlar kuni munosabati bilan Yangiobod tumanida yoshlar uchun yana bir muhim va zamonaviy loyiha — IT-Park foydalanishga topshirildi. ✨Ushbu tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida raqamli texnologiyalar, IT sohasidagi yangi imkoniyatlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi. Mazkur ochilish hududda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda muhim qadam bo‘ldi.