Jadidchilar harakati namoyandalari kitoblari taqdimoti
2024-yil 25-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi va Yangiobod tuman maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda IV Respublika "Kitobsevar millat" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Jadidchilar harakati namoyandalari kitoblari taqdimoti o'tkazildi. Taqdimotda axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati boʻlimi mutaxassisi kitobxonlarga jadidchilar hayoti va ijodi haqida qisqacha maʼlumotlar berildi. Muhtaram Prezidentimiz "Buyuk ajdodlarimizning muqaddas xotirasi va jasoratlari oldida bosh egamiz. O‘z tarixini bilgan yutadi" shiorini doim yodimizda tutishimiz kerakligini tadbir ishtirokchilariga taʼkidlab oʻtdi. Tadbirda 30 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.