“Jadidlar izidan”
Joriy yilning 31-oktyabr kuni Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Jadidlar izidan” tanlovining Yangiobod tuman bosqichiga start berildi.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari A.Nishonov, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i E.Muxtorov ishtirok etib tadbirning ochilish marosimida so'zga chiqib ishtirokchilarga omad tiladi.
Shundan so'ng tadbirning badiiy qismida 1-umumta'lim maktabining iqtidorli o'quvchilari ishtirokida kuy-qo'shiq va raqslar yig'ilganlar e'tiboriga havola etildi.
Eslatib o'tamiz tanlovning tuman bosqichi Nizomga binoan sinflar toifasi bo'yicha ikki shartda birinchi shart 25 ta savoldan iborat test, ikkinchi shart savol-javob sharti asosida o'tkaziladi.
Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.
Tadbirda 100 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etdi.