“Kitob beminnat do'st” shiori ostida davra suhbati
Jizzax viloyati Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob beminnat do'st” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga Axborot -kutubxona markazi fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida batafsil ma'lumot berib o`tdilar. Davra suhbati davomida oʻzaro oʻqilgan kitoblar haqida savol javoblar boʻlib, qisqacha fikr almashildilar va o’zlari yoqtirgan asarlarni mutoala qilish uchun oldilar. Davra suhbatida 25 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.