“Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Shu munosabat Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 25- dekabr kuni Yangiobod tuman madaniyat markazininig faollar zalida Yangiobod tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, madaniyat markazi hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari bilan birgalikda "Kitob yuksak maʼnaviyat koʻzgusi" nomli maʼnaviy maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirni ochib berish uchun Yangiobod tuman hokim oʻrinbosari A. Nishonov soʻzga chiqib yurt taraqqiyoti hozirgi yoshlar qoʻlida ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va pedagog B.Toshboyev ham soʻzga chiqib, yoshlarni kitobga boʻlgan qiziqishlarini yana oshirdilar. Tadbir davomida oʻquvchilaar bilan turli xil kitobxonlik vektorini oʻyinlari oʻtkazib, kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 80 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.

