"Kitob-bilim kaliti "
Joriy yilning 15-oktabr kuni
Jizzax viloyat Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Koʻzmunchoq" nomli ONMTTga tashrif buyurib, "Kitob-bilim kaliti " shiori ostida jajji kitobxonlarga davra suhbati oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi.
Davra suhbati davomida jahon va o‘zbek xalq ertaklaridan Zumrad va Qimmat, Hunarning xosiyati, Mukofotga kim munosib, Oltin tarvuz va shu kabi ertak kitoblari namoyish qilindi. Tadbirda 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.