"Kitob-bilim manbai" nomli ekskursiya
11- noyabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari va Yangiobod tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda "Infolib Oʻzbekiston-2025" XIV Milliy axborot -kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari-Sun'iy intellekt orqali yuksak marralar sari!" Yosh kutubxonachilar V forumi dasturi asosida kitobxonlar ishtirokida "Kitob-bilim manbai" nomli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona fondi va u yerda yaratilgan sharoitlar hamda kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.