Kitob bizni birlashtiradi
Jizzax viloyati Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda “Kitobxonlik haftaligi” dasturi ostida “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida ekskursiya tashkil etib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash Milliy Dasturini tasdiqlash to’g’risida” kitobxonlarga Axborot -kutubxona markazi fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida batafsil ma'lumot berib o`tildilar. Ekskursiya davomida oʻzaro oʻqilgan kitoblar haqida savol javoblar boʻlib, qisqacha fikr almashildilar va o’zlari yoqtirgan asarlarni mutoala qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 12 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.