" Kitob bizni birlashtiradi" nomli ekskursiya
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda " Kitob bizni birlashtiradi" nomli ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga badiiy adabiyotlar va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Kitobxonlar o'zlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 20 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.