“Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida ekskursiya
Jizzax viloyati Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga Axborot -kutubxona markazi fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida batafsil ma'lumot berib o`tildilar. Ekskursiya davomida oʻzaro oʻqilgan kitoblar haqida savol javoblar boʻlib, qisqacha fikr almashildilar va o’zlari yoqtirgan asarlarni mutoala qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 20 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.