"Kitob doʻst, ilm esa yoʻldosh"nomli ekskursiya
Joriy yilning 4-aprel kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda "Kitob doʻst, ilm esa yoʻldosh"nomli ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga yangi kelgan badiiy adabiyotlar va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, barcha qulayliklar, haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Tadbirda 16 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.