"Kitob eng oliy tarbiyachi"
Joriy yilning 11-mart kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib oʻquvchilar bilan birgalikda "Kitob eng oliy tarbiyachi" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Kitob inson hayotida muhim o‘rin tutadi. U bizga nafaqat bilim, balki tarbiya ham beradi. Kitobni sevgan inson hech qachon yolg‘iz qolmaydi, chunki u har doim o‘ziga sodiq va doimiy hamroh topadi. Buyuk mutafakkirlar: "Kitob – insonning eng yaxshi do‘sti, u hech qachon xiyonat qilmaydi va bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi", – deb bejizga aytmaganlar. Kitob o‘qishning foydalari beqiyos bo‘lib, u insonni ilmli, zukko va tafakkuri yuksak shaxsga aylantiradi. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi haqida gapirib oʻtildi.