"Kitob-hayotni yaratuvchi murabbiydir"
Joriy yilning 4-mart kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib oʻquvchilar bilan birgalikda "Kitob-hayotni yaratuvchi murabbiydir" shiori ostida kitoblar koʻrgazmasi va davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati davomida axborot -kutubxona markazi xodimlari oʻquvchilarga kitob-umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst ekanligini haqida gapirib oʻtdilar. Davra suhbatida davomida oʻquvchilarga ham kitob mutolaa qilishni tavsiya etdilar.