"Kitob marafoni
Yangiobod MFYda "KITOB MARAFONI" aksiyasi.
Joriy yilning 15-avgust kuni Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Yangiobod tuman Balandchaqir MFY da Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi, tuman hokimligi hamda barcha tuman mutasaddilari bilan hamkorlikda "Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" shiori ostida "Umummiliy birdamlik festivali" doirasidagi "Kitob marafoni" nomli tadbir tashkil etildi.
➡️ Tadbirda nuroniylar hamda bilimga chanqoq yoshlar faol ishtirok etdilar.
❇️Tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi va koʻrgazmada kitobxonlarga bilan suhbatlar olib borildi hamda kitobxonlarga qiziqarli kitoblar tavsiya etildi. Tadbirda kuy va raqslar yanada ko‘tarinki shukuh baxshida etdi. Tadbirda 150 nafar ishtirokchi qatnashdi va 115 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi