"Kitob odamlarning yo'lini yoritib turuvchi mayoqdir"
12- noyabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari va Yangiobod tuman Politexnikumi o'quvchilari bilan birgalikda "Infolib Oʻzbekiston-2025" XIV Milliy axborot -kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari-Sun'iy intellekt orqali yuksak marralar sari!" Yosh kutubxonachilar V forumi dasturi asosida kitobxonlar ishtirokida "Kitob odamlarning yo'lini yoritib turuvchi mayoqdir" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona fondi va u yerda yaratilgan sharoitlar hamda kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Davra suhbati davomida 15 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.