Kitob va kitobxonlik-inson maʼnaviyati koʻzgusi
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda "Kitob va kitobxonlik-inson maʼnaviyati koʻzgusi" shiori ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Bundan tashqari ekskursiya davomida yangi kelgan adabiyotlar haqida ham qisqacha gapirib oʻtdilar. Yosh kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutoalaa qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 15 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.