#Kitob va mutolaa
Kitob -bu insoniyat tarixida yaratilgan eng qadimiy va foydali ixtirolardan biri boʻlib, u bilim, tajribalar, adabiyot va sanʼatni jamlaydigan muqaddas xazina hisoblanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 2-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazida 2-12-sentabr kunlari "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Kitob-qalb chirogʻi" nomli rasmli koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada kitobxonlar tomonidan koʻp marotaba soʻrab, sevib mutolaa qilinadigan kutubxona kelib tushgan yangi adabiyotlar qoʻyildi. Bundan tashqari oʻquvchi yoshlarga kitob oʻqishning foydali tomonlari hamda kitob oʻqish tartiblari haqida ham maʼlumotlar taqdim qilindi