#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
Har bir davlatning kelajagi bilimli, salohiyatli yoshlar, ularning iqtidorini rivojlantirish va yuzaga chiqarish kabi masalalar bilan chambarchas bog'liq. Shu bois joriy yilning 3-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod tuman Poletexnikumida 2-12-sentabr kunlari "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Iqtidorli yoshlar-millat gʻururi, mamlakat tayanchi " rukni ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida xodimlar tomonidan oʻqimishli yoshlarning erishgan yutuqlari, mamlakatimiz uchun qanchalik yuqori marralar olib kelishligi shu sabab faqat taʼlim olib izlanib oʻqish kerakligi haqida taʼkidlab oʻtishdi. Bundan tashqari oʻquvchi yoshlarga koʻproq kitob oʻqish kerakligi haqida ham aytib oʻqishdi. Tadbirda 25 nafar kitobxon ishtirok etdi.