#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan, nafaqadagi kitobxonlarga koʻrsatiladigan kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularni kitobga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va maʼnaviy yordam berish maqsadida joriy yilning 4-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod ShFY hududida istiqomat qiluvchi nafaqadagi oʻqituvchi Mansurova Salomat opa xonadoniga tashrif buyurib, 2-12-sentabr kunlari "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Mehr kutubxonasi" loyihasida "Toʻsiqsiz hayot" nomli tadbir tashkil etildi. Salomat opa bilan suhbat davomida hozirgi yoshlarimizga yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning erishgan yutuqlari haqida oʻzaro suhbat oʻtkazildi. Bundan tashqari oʻquvchi yoshlarga koʻproq kitob oʻqish kerakligi haqida ham aytib oʻtdi