#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi #Ochiq_eshiklar Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan. Shu bois joriy yilning 8-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazida "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. Shu munosabat bilan oʻquvchi yoshlar ishtirokida ekskursiya boʻlib oʻtdi. Ekskursiya davomida oʻquvchi yoshlarga kitob oʻqishning foydali tomonlari haqida hamda fonddagi kitoblar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda 20 nafar kitobxon ishtirok etdi.