#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi #Ochiq_eshiklar Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir. Joriy yilning 8-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazida 9225-sonli chegara qoʻshinlari ishtirokida "Ochiq eshiklar" tadbiri tashkil etildi. Tadbirda mard oʻgʻlonlarga kutubxona rahbari tomonidan kutubxonaning tashkil etilganligi, badiiy kitoblarning qamrovi haqida maʼlumot berib oʻtildi. Tadbir davomida oʻzlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilishdi. Tadbirda 35 nafar kitobxon ishtirok etdi.