#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
Har bir davlatning kelajagi bilimli, salohiyatli yoshlar, ularning iqtidorini rivojlantirish va yuzaga chiqarish kabi masalalar bilan chambarchas bog'liq. Shu bois joriy yilning 9-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod tuman Poletexnikumida 2-12-sentabr kunlari "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Iqtidorli yoshlar-millat gʻururi, mamlakat tayanchi " rukni ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida xodimlar tomonidan hozirgi kunda qaysi sohada boʻlmasin yoshlarimiz yuqori marralarni egallab kelayotganligini taʼkidlab oʻtishdi. Bundan tashqari yoshlar bilan suhbat davomida ularning kelajakdagi orzulari haqida erkin savol-javoblar oʻtkazildi. Tadbirda 20 nafar kitobxon ishtirok etdi.