#Kitob_va_mutolaa_haftaligi #Ochiq_eshiklar
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi #Ochiq_eshiklar Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan. Shu bois joriy yilning 8-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman Poletexnikumi bilan hamkorlikda "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida yangi qabul boʻlgan oʻquvchilar ishtirokida "Ochiq eshiklar" tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilarga kutubxona haqida hamda koʻp kitob oʻqishning foydali tomonlari haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda 25 nafar kitobxon ishtirok etdi.#Kitob_va_mutolaa_haftaligi #Ochiq_eshiklar Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan. Shu bois joriy yilning 8-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman Poletexnikumi bilan hamkorlikda "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida yangi qabul boʻlgan oʻquvchilar ishtirokida "Ochiq eshiklar" tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilarga kutubxona haqida hamda koʻp kitob oʻqishning foydali tomonlari haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda 25 nafar kitobxon ishtirok etdi.