Kitobdan yaxshi do'st bo'lmas
Joriy yilning 3-noyabr kuni Jizzax viloyat Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Kitobdan yaxshi do'st bo'lmas" nomli kitoblar targʻiboti oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ‘ibotda jahon va o‘zbek xalq ertaklari kitoblari namoyish qilindi. Targ‘ibotda 15 nafardan ziyod jajji kitobxonlar ishtirok etdilar.