Kitobi taqdimoti
Joriy yilning 24-dekabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1 -umumiy o‘rta ta‘lim maktabiga tashrif buyurilib, kitobxonlarga Luiza Xeyning "Hayotingizni qadrlang! O‘zingizni davolang"kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlarga ushbu kitob haqida ma‘lumotlar berildi. Qanday psixologik holatlar qanday kasalliklarga sababchi bo‘lishini va bu kasalliklardan qutulish uchun qanday harakat qilish kerakligi haqidagi bebaho maslahatlar berildi. Tadbirda 25 nafar kitobxonlar qatnashdi.