"Kitobim oftobim" nomli davra suhbati
Joriy yilning 9-iyul kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli DMTT ga tashrif buyurilib, jajji kitobxonlar bilan birgalikda "Kitobim oftobim" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi hodimlari jajji kitobxonlarga ertak kitoblar o`qib eshittirdilar. Bundan tashqari jajji kitobxonlar oʻzlari yod olgan sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdilar. Tadbirda 15 nafar jajji kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.