"Kitobim-oftobim" nomli kitoblar targʻiboti
Joriy yilning 2-oktabr kuni Jizzax viloyat Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Kitobim-oftobim" nomli kitoblar targʻiboti oʻtkazildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ertak kitoblardan parchalar oʻqib eshittirildi. Targ‘ibotda jahon va o‘zbek xalq ertaklari kitoblari namoyish qilindi. Targ‘ibotda 15 nafardan ziyod jajji kitobxonlar ishtirok etdilar.