Kitoblar koʻrgazmasi
Joriy yilning 11-dekabr dekabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar uchun yangi kelgan adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada axborot-kutubxona markazi xodimlari yangi kelgan adabiyotlar, mazmun mohiyati haqida qisqacha gapirib oʻtdilar. Kitobxonlar oʻzlari yoqtirgan asarlar yuzasidan savol-javoblar oʻtkazilib oʻzlari uchun kerakli adabiyotlarni mutolaa qilish uchun oldilar. Koʻrgazmada 10 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.