kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni Aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan namunaviy koʻchma kutubxona asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, uning huquqiy tizimining asosi hisoblanadi. Konstitutsiya davlat tuzilishi, boshqaruv shakli, hokimiyat organlarining vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda 15 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.