Kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 19-iyul kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga badiiy adabiyotlardan eng qiziqarli, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmada kitobxonlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va oʻzaro fikr almashdilar. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani aholi va yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom ma'noda oshirishga xizmat qilmoqda. Tadbirda 20 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.