Kitoblar yarmarkasi
Kitoblar yarmarkasi
Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida "Kitobsevar millat" shiori ostida joriy yilning 27- noyabr kuni Yangiobod tumanidagi maktablarda kitob yarmarkalari tashkil etildi. Yarmarkada Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi. Kitob yarmarkasida ota-onalar farzandlariga oʻzlari sevib mutolaa qiladigan kitoblarni xarid qilib berdilar.