"Kitobsevar millat"
Joriy yilning 25-fevral kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirokida "Kitobsevar millat" shiori ostida ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi xodimlari kutubxona fondi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qoʻllanmalar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Bundan tashqari ekskursiya davomida yangi kelgan adabiyotlar bilan ham tanishtirib oʻtdilar. Yosh kitobxonlar o'zlari yoqtirgan asarlarni mutoalaa qilish uchun oldilar. Ekskursiyada 35 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.