"Kitobsevar millat"
Joriy yilning 16-oktabr kuni
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat"oyligi doirasida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga badiiy adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga kitobxon yoshlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom maʼnoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz.
Tadbirda 10 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.