"Kitobsevar millat"
Joriy yilning 20-oktabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida 21-oktabr til bayramiga bagʻishlab "Oʻzbek tili barchamizni birlashtiradi", "Til millat koʻzgusi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbat davomida 21-oktabr oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36-yilligi munosabati bilan yigʻilganlarni tabriklab oʻtdilar.Hozirgi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga koʻtarilayotganligi ,bu yoʻlda milliy o'zligimiz ,g'urur-iftixorimiz timsoli boʻlgan ona tilimiz ,hech shubhasiz , beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbayi ekanligi haqida gapirib oʻtdilar.Tadbirda 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdi.