Kitobsevar millat
Yangiobod tumanida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligiga start berildi
Yangiobod tumanida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligiga tantanali ravishda start berildi.
Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi X. Tilakov, tuman hokimi o‘rinbosari A. Nishonov va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi B. Toshboyev hamda boshqa faol jamoatchilik vakillari kitobsevar o'quvchilar ishtirok etdi.
Tadbir Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilib, unda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.