“Kitobsevar millat” shiori ostida kitobxonlik haftaligi yakunlandi
“Kitobsevar millat” shiori ostida kitobxonlik haftaligi yakunlandi 2026-yil 17-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimligi, Axborot-kutubxona markazi, tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli maktablar hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘limi hamkorligida 12-maktab binosida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Beknazar Toshboyev so‘zga chiqib, “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganini alohida ta’kidladi hamda kitobxonlarni kelgusida ham bunday tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi. Haftalik yakunida faol ishtirokchilar va tanlov g‘oliblari hamkor tashkilotlar hamda Axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi.