Kitobxon klubi
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 3-maktabga tashrif buyurib "Kitobxon klubi" a'zolari bilan birgalikda yozgi ta'til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining ahamiyati, kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, kitobxonlar o‘rtasida suhbat va fikr almashuvlar tashkil etildi. Tadbirda 15 nafardan ziyid kitobxonlar ishtirok etdilar.