Kitobxon klubi
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 18-maktabga tashrif buyurib "Kitobxon klubi" a'zolari bilan birgalikda "Dolzarb 90 kun" doirasida yozgi ta'til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida o'quvchilarga ko'proq kitob mutolaa qilishlari ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, o'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda 15 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.