"Kitobxon onalar kuni"
Joriy yilning 27-fevral kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutoalaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida ShFY aholisi vakillari bilan birgalikda "Kitobxon onalar kuni" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda axborot - kutubxona markazi xodimlari soʻzga chiqib yigʻilganlarga har oyning 17- sanasida belgilangan "Kitobxon onalar kuni" tadbiri mahallalarda oʻtkazilayotganligi, oilalarda doimo farzandlar bilan kitob oʻqishimizni takidlab oʻtdilar.