“Kitobxon onalar kuni”
“Kitobxon onalar kuni” — ma’naviyat va ma’rifat maskanida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Joriy yilning 16- sentabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib etish hamda oilalarda kitobxonlik muhitini shakllantirish maqsadida “Kitobxon onalar kuni” tadbiri doirasida “Ko‘p kitob o‘qing — kelajakni yarating” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni, farzand tarbiyasida kitob mutolaasining ahamiyati hamda oilada kitobxonlik muhitini yaratishning samarali usullari haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan har oyning 17-sanasida o‘tkazilishi belgilangan “Kitobxon onalar kuni” tadbirlarining mazmun-mohiyati, ushbu tashabbusning mahallalar va tashkilotlarda keng targ‘ib qilinayotgani haqida ma’lumot berildi. Davra suhbati samimiy va mazmunli ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, oilalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda yosh avlodni bilimga, ma’rifatga va ezgu qadriyatlarga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, oilaviy ma’naviy muhitni mustahkamlash, onalarning farzand tarbiyasidagi ma’rifiy rolini yuksaltirish hamda yoshlarni kitob mutolaasiga rag‘batlantirishga xizmat qildi.