Kitobxon onalar kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarori ijrosi yuzasidan Shodlik MFYda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi va axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan kitobxonlik madaniyatini oshirish kitob mutoalaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida kitobxon onalar o'rtasida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning to’liq asarlari to’plami 4 tomlik kitobi taqdimotini o’tkazildi. Davra suhbatida Respublika ma'naviyat va marifat markazi Yangiobod tuman bolinmasi rahbari Sabohat Abdurahmonova sozga chiqib, Ozbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiya hayoti va ijodi haqida yigilganlarga malumotlar berib otdilar va shoirning sherlaridan oqib eshittirdilar. Tadbirda axborot-kutubxona markazi tomonida kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.