"Kitobxon onalar kuni"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarori ijrosi yuzasidan abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati xodimlari Yangiobod tuman Balandchaqir MFY ayollari bilan birgalikda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutoalaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Kitobxon onalar kuni" tadbiri oʻtkazildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari yigʻilganlarga kutubxona fondi haqida hamda har oyning 17- sanasida belgilangan "Kitobxon onalar kuni" tadbiri mahallalarda oʻtkazilayotganligi haqida tushunchalar berib oʻtdilar. Tadbirda 20 nafardan ziyod kitobxon onalar ishtirok etdilar.